Samarali sana: 2/09/2026
Mastercardda biz shunday bozorda yetakchi sodiqlik dasturlarini taklif qilamiz va qo'llab quvvatlaymizki, ular sizning layoqatli Mastercard kartochkangiz yordamida amalga oshirilgan xaridlaringiz uchun ballar va mukofotlarni qo'lga kiritish va ushbu ballar va mukofotlarni promo aksiyalar, chegirmalar, keshbek, chegirmali toʼlovlar, yutuqli oʼyinlar, maxsus takliflar va boshqa imtiyozlarga (“Dasturlarga”) ega boʼlish imkoniyatini taqdim qiladi. Biz ushbu eʼlonni Mastercardning Global Maxfiylik Eʼloni bilan birgalikda o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.
1. MAZKUR E'LONNING AMAL QILISH DOIRASI
Mazkur maxfiylik e'loni ("E'lon") Mastercard International Incorporated va unga yondosh korxonalar (hammasi birgalikda “Mastercard” "bizni/bizga" yoki "biz") bizning dasturlarimiz bilan bog'liq Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashini tasvirlaydi. "Shaxsiy ma'lumotlar" deganda shaxsi tasdiqlangan yoki shaxsi tasdiqlanishi mumkin bo'lgan individga ("sizga") aloqador bo'gan har qanday ma'lumot tushuniladi.
Ushbu eʼlon Mastercardning boshqa, xususan priceless.com veb-sayti singari dasturlar doirasida maʼlumotlarni qayta ishlashga taalluqli emas. Iltimos, priceless.comdan foydalanish vaqtida sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz toʼgʼrisidagi maʼlumotni olish uchun Priceless maxfiylik toʼgʼrisidagi eslatma bilan tanishib chiqing. Ushbu eʼlon, shuningdek, moliyaviy muassasalar (masalan, sizning Mastercard kartangizni ishlab chiqargan bank), sotuvchilar yoki boshqa maʼlumotlarni nazorat qiluvchi sifatida ishtirok etayotgan hamkorlarning nomidan va ularning koʼrsatmalari boʼyicha ishtirok etish jarayonida qayta ishlashga ham taalluqli emas. Iltimos, shunday holatlarda sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qay tarzda qayta ishlashimiz toʼgʼrisidagi maʼlumotni olish uchun maxfiylik toʼgʼrisidagi eslatma bilan tanishib chiqing.
2. USHBU DASTURLAR UCHUN QANDAY SHAXSIY MAʼLUMOTLARNI QAYTA ISHLAYMIZ
Ushbu Dasturlar doirasida biz sizga taalluqli quyidagi Shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaymiz:
- Roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar va kontakt maʼlumotlar, xususan toʼliq ism, elektron pochta manzili, siz dasturda roʼyxatga olish uchun tanlagan toʼlov kartalaringizning raqamlari, ularning amal qilish muddatlari, CVC2, tizimga kirish uchun roʼyxatga olish maʼlumotlari, hisoblangan ballarning yoki mukofotlarning umumiy miqdori, shuningdek ballar va mukofotlardan foydalanish tarixi. Dasturdan kelib chiqqan holda siz, shuningdek, qoʼshimcha maʼlumotlarni, xususan manzilingiz, telefon raqamingiz, tugʼilgan sanangiz, soliq toʼlovchining identifikatsiya raqamingiz va agarda qonun bilan ruxsat etilgan boʼlsa, jinsingizni ham koʼrsatishingiz mumkin.
- Biror dastur uchun registratsiya qilingan karta(lar)ga oid tranzaksiya maʼlumotlari, masalan, toʻlov(lar) sanasi/vaqti, shaxsiy hisobraqam, sotuvchi ismi/nomi, tijoriy yoki tranzaksiya kodi, pul birligi va xarid summasi hamda xaridlaringizning Dasturlar talablariga mosligi yoki mos emasligini aniqlash uchun yaratilgan tokenlashtirilgan ID.
- Muayyan takliflar yoki takliflar turkumlari borasidagi afzalliklaringiz yoki ularga qiziqishingiz.
- Geografik joylashuvingiz (agar sizga yaqin ofislarni koʻrish uchun joylashuvingizni ulashish xususiyatini yoqsangiz).
- Ixtiyoriy soʻrovnomalarni toʻldirishda taqdim etiladigan maʼlumotlar.
- Bizning mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatimiz orqali taqdim qilingan, masalan, sizning xabaringiz sanasi, vaqti va mazmuni haqidagi ma'lumot.
- Uskunaga doir maʼlumot (masalan, uskunaning ID raqami, uskunaning modeli, brauzer turi, operatsion tizimi, havolaning URL-manzili, IP-manzil, joylashuv toʼgʼrisidagi maʼlumotlar), shuningdek, bizning veb-saytlarimizdagi dasturlarimiz va biz sizga joʼnatadigan elektron xatlarimiz bilan sizning oʼzaro taʼsiringiz (masalan, harakatlarni bajarish sanasi va vaqti). Biz bunday maʼlumotlarni cookie fayllar yordamida yoki shunga oʼxshash texnologiyalar (xususan, veb-mayoqlar va boshqa trekerlar) yordamida, bizning veb-saytlarimizdagi dasturlarimiz va biz sizga joʼnatadigan elektron xatlarimizda taqdim qilinadigan rozilikni olish uskunalarida koʼrsatilgani singari toʼplaymiz.
Biz yuqorida aytib oʼtilgan toifadagi shaxsiy maʼlumotlarni turli xil manbalardan olamiz: uchinchi shaxslardan, xususan, moliyaviy muassasalar, sodiqlik dasturlari operatorlari va sotuvchilardan, bevosita sizning oʼzingizdan yoki sizning cookie fayllari bilan va shunga oʼxshash texnologiyalar bilan oʼzaro taʼsiringiz natijasida qoʼlga kiritamiz. Qoʼllaniladigan qonunchilikdan kelib chiqib, ushbu maʼlumotning qismi maxfiy shaxsiy maʼlumot sifatida toifalanishi mumkin.
3. BIZ SIZNING SHAXSIY MA'LUMOTINGIZDAN QANDAY FOYDALANAMIZ
Shaxsiy maʼlumotlaringizdan quyida bayon qilingan maqsadlarda foydalanishimiz mumkin. Siz joylashgan mamlakatga qarab, quyidagi jadvalda koʻrsatilganidek, biz Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat qayta ishlash uchun qonuniy asos mavjud boʻlganida qayta ishlaymiz. Biroq, shunga eʼtiboringizni qaratamizki, garchi ushbu jadvalda rozilik qayta ishlash boʼyicha har bir harakat uchun yuridik asos sifatida keltirib oʼtilmagan boʼlsa hamki, ayrim davlatlarda rozilik shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun yagona yoki eng maqbul yuridik asos hisoblanadi va ushbu davlatlarda biz qayta ishlash boʼyicha hamma harakatlar vaqtida rozilikka tayanamiz.
|
|
Qayta ishlashning huquqiy asoslari
|
|
Kartangiz turiga bog'liq takliflarni olish huquqini aniqlang, shuningdek, ball yoki mukofot olish huquqiga ega bo'lishi mumkin bo'lgan tranzaksiyalarni aniqlang.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon Dasturlar va ularning imtiyozlari talablariga mos kelishingizni aniqlash, ularni boshqarish va sizga taqdim etish uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizni ishlatishdan qonuniy jihatdan manfaatdor.
|
|
Dastur hisoblaringizni yaratamiz va boshqaramiz, xizmatlarimizni taqdim etamiz, Dasturlar haqida siz bilan bog'lanamiz va so'rovlaringizga javob beramiz.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon hisoblarni yaratish va boshqarish, xizmatlarimizni taqdim qilish va soʻrovlaringizga javob berish uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizni ishlatishdan qonuniy jihatdan manfaatdor.
|
|
Biror Dasturda yoki Dastur orqali amalga oshirilgan xaridlarni qayta ishlash yoki bajarish.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur.
|
|
Firibgarlik va (kiber) tahdidlar, ruxsatsiz tranzaksiyalar, Dasturlarni suiisteʼmol qilish, daʼvolar yoki boshqa javobgarliklarga qarshi himoyalanish va ularning oldini olish.
|
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki uchinchi tomon firibgarlikka qarshi himoyalanish, Dasturlarimiz, tarmogʻimiz yoki biz qayta ishlaydigan toʻlov tranzaksiyalari xavfsizligidan taʼminlash maqsadida Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Sizga Dasturlar (jumladan, tanlovlar, lotereyalar va boshqa marketing tadbirlari) haqida push-bildirishnomalar va marketing xabarlarini yuborish.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon mahsulot va xizmatlar marketingi maqsadida Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Dastur bilan bog'liq holda sizga tegishli takliflar, shaxsiylashtirilgan kontent va shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni taqdim etish uchun sizning afzalliklaringiz, xarajatlaringiz, qiziqishlaringiz, Dasturlardan foydalanish va ular bilan o'zaro aloqangizni tahlil qilish (masalan, biz sizga sizning geografik joylashuvingizga yoki xarid tarixingizga asoslangan takliflarni taqdim etishimiz mumkin).
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon sizga moslashtirilgan kontent yoki tavsiyalarni taqdim etish maqsadida Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Mahsulot va xizmatlarimizni, jumladan, takliflarimiz va kampaniyalarimiz samaradorligini boshqarish, baholash va takomillashtirish, shuningdek, ularning ishlashini osonlashtirish uchun Dastur veb-saytlarimiz, mobil ilovalarimiz va boshqa har qanday raqamli aktivlarimizni tahlil qilish.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon mahsulotlar yoki xizmatlarimizni boshqarish, baholash va yaxshilash, shuningdek, mijozlarni Dasturga jalb qilishni osonlashtirish maqsadida Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Shaxsiy maʼlumotlarni anonimlashtirish va ichki tahlillar uchun umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, sarf-xarajat modellari, firibgarlik va boshqa maʼlumotlar yuzasidan moliyaviy muassasalar, sotuvchilar va boshqa mijoz hamda hamkorlarimizga maslahat berish.
|
- Biz yoki biror uchinchi tomon Shaxsiy maʼlumotlarni anonimlashtirish va maʼlumotlar boʻyicha umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz; yoki
- Bunday qayta ishlash statistik va/yoki tadqiqot maqsadlarida (ushbu qonuniy asos mavjud boʻlgan yurisdiksiyalarda) amalga oshiriladi.
|
|
Amaldagi foydalanish shartlari ijrosini taʼminlash yoki zarur hollarda qonuniy huquqlarimizni oʻrnatish, amalga oshirish va himoya qilish.
|
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon Dasturning foydalanish shartlari ijrosini taʼminlash va qonuniy huquqlarni tasdiqlash, amalga oshirish va himoya qilish uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Amaldagi qonunlar yoki Mastercard ustidan yurisdiksiyaga ega boʻlgan yoki yurisdiksiyaga egaligini daʼvo qiluvchi sud jarayonlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki hukumat organi talablariga rioya qilish.
|
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon sud jarayonlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki hukumat organi talablariga javob berish uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
|
Soha standartlari va qoidalarimizga rioya qilish.
|
- Siz Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat yoki koʻrsatma bergansiz; yoki
- Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa normativ majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur; yoki
- Qayta ishlash tomonlaridan biri siz boʻlgan biror shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur; yoki
- Biz yoki biror uchinchi tomon soha standartlari yoki qoidalarimizga rioya qilish uchun Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy jihatdan manfaatdormiz.
|
4. BIZ SIZNING SHAXSIY MA'LUMOTLARINGIZNI QANDAY ULASHAMIZ
Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni ulashishimiz mumkin:
- Mastercardning AQShdagi bosh ofisi, filiallarimiz va Mastercard kompaniyalar guruhi tarkibidagi boshqa tashkilotlar.
- Bizning nomimizdan va ushbu Eʼlonda bayon qilingan maqsadlar bilan bogʼliq xizmatlarni koʼrsatadigan marketing agentliklari va xizmat koʼrsatish korxonalari bilan Biz ularning zimmasiga shartnoma asosida maʼlumotlarni himoya qilish va xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha qat'iy kelishuv majburiyatlarini yuklaymiz.
- Dasturga aloqador tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan darajada moliyaviy muassasa(lar) (masalan, biror Dasturga registratsiya qilingan karta(lar)ni bergan banklar) yoki sotuvchilarga.
- Siz qoʻshilishga qaror qilgan dasturni boshqaradigan yoki qoʻllab-quvvatlaydigan uchinchi tomonlarga.
- Dastur doirasida amalga oshirilgan xaridlar yoki oʼtkazmalarni qayta ishlash yoki amalga oshirish uchun toʼlovlar boʼyicha hamkorlarga.
- Biz jismoniy shaxslarning muhim manfaatlarini himoya qilish, zarar yoki moliyaviy yoʻqotishlardan Mastercard kompaniyasini himoya qilish yoki gumon qilinayotgan yoxud aniq firibgarlik yoki noqonuniy xatti-harakatni tergov qilish uchun maʼlumotlarni oshkor qilish zarur deb hisoblasak.
- Amaldagi qonunchilik yoki sud jarayonlari asosida talab etilsa yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki hukumat organlari soʻrovlariga javob berish uchun. Bunday soʼrovlarni olgan holatda, biz oʼzimizning Majburiy korporativ qoidalarimizda bayon qilingan jarayonga amal qilamiz, ular, agarda qoʼllanilishi kerak boʼlsa yangi oynada hosil boʼladi.
- Biznes yoki aktivlarimiz qisman yoki toʻliq sotilsa yoki boshqa shaxsga oʻtkazilsa. Bunday holatda qabul qiluvchiga siz taqdim etgan Shaxsiy maʼlumotlardan ushbu Eslatmaga muvofiq tarzda foydalanish majburiyatini yuklash uchun oqilona chora-tadbirlarni koʻramiz.
5. SIZNING HUQUQLARINGIZ VA TANLOVINGIZ, BIZ BILAN QANDAY ALOQA QILISH MUMKIN, SHUNINGDEK BIZNING TARTIBLARIMIZ HAQIDAGI QO'SHIMCHA MA'LUMOTLAR
Sizda biz saqlaydigan siz haqingizdagi Shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan muayyan huquqlar va tanlovlar mavjud. Shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan huquqlaringizdan foydalanish maqsadida soʻrov yuborish yoki bizga murojaat qilish huquqingiz haqida batafsil maʼlumot olish yoxud Shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday ulashish, uzatish, saqlash yoki himoya qilishimiz haqida batafsil axborot olish uchun Global maxfiylik eslatmasining “Huquq va tanlovlaringiz” boʻlimiga qarang. Quyidagi manzilga email yozish orqali Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizdan voz kechish huquqingizdan foydalanishingiz mumkin: privacyanddataprotection@mastercard.com. Iltimos, so‘rovingiz tegishli bo‘lgan Dastur nomini elektron pochta xabaringiz mavzusida ko‘rsating.
Bu Eslatma Global maxfiylik eslatmasi qamrov doirasiga kiruvchi Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashning muayyan jihatlari haqida qoʻshimcha axborot beradi. Mastercard kartangiz va xaridlaringiz haqidagi soʻrovlar yuzasidan moliyaviy muassasangiz yoki sotuvchiga murojaat qiling. Ularga qanday murojaat qilish haqidagi batafsil maʼlumotni ularning veb-saytlaridan topishingiz mumkin.