Biz xarid jarayonining barcha bosqichlarida firibgarlik harakatlarini aniqlovchi va oldini oluvchi murakkab texnologiyalarni qo‘llaymiz — siz to‘lovni amalga oshirishga qaror qiladigan lahzagacha. Mutaxassislarimiz g‘araz niyatli kimsalardan hamisha oldinda bo‘lish uchun mazkur texnologiyalarni muntazam tarzda takomillashtirib borishadi. Masalan, hech kim sizning ma’lumotlaringizdan foydalangan holda boshqa qurilmadan to‘lov qila olmasligi uchun mijozlarning smartfonlarini eslab qolamiz.
Bundan tashqari, elektron to‘lovlar uchun biz kartalar raqamlarini maxfiy token bilan almashtiramiz — shunday ekan, hatto kimdir kartangiz raqamini bilib olgan taqdirda ham xavotirlanishingizga hojat yo‘q.